O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan hamkorlik shartnomasi
2026-yil oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi rahbari o‘rinbosari Elyor Toshtemirov Toshkentda GTAG Global Talent Alliance GmbH va TSK Logistik vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Agentlik va GTAG Global Talent Alliance GmbH o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Unda yurtdoshlarimizni Germaniya transport-logistika sohasida ishga joylashtirish va ularni ushbu mamlakat standartlari asosida tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Asosiy tashabbuslar:
- O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalarini Germaniyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olish imkoniyatlarini vakolatli idoralar bilan kelishish;
- avtobus va yuk avtomobili haydovchilarini ish beruvchilar talablari asosida tayyorlaydigan Germaniya–O‘zbekiston qo‘shma haydovchilik maktabini tashkil etish.
Shuningdek, nomzodlarning viza rasmiylashtirish jarayonidagi muammolari muhokama qilindi. Migratsiya agentligi qo‘shma haydovchilik maktabini tashkil etishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Shartnoma GTAG Global Talent Alliance GmbH va Migratsiya agentligi 2026-yil iyul oyida imzolagan memorandumning davomidir.